Harbiy xizmatchilarning axloqiy-ruhiy tayyorgarligi sinovdan o‘tkazildi

72

Toshkent harbiy okrugiga qarashli desantchilar harbiy qismida batalon taktik guruhi harbiy xizmatchilari bilan axloqiy-ruhiy tayyorgarlik bo‘yicha navbatdagi o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Unda razvedka va merganlar guruhlari bilan ruhiy yo‘laklardan o‘tkazish mashqlari tashkil etildi. Mashg‘ulot rahbari podpolkovnik Erkin Hasanovning ta’kilashicha, mazkur mashqlar harbiy xizmatchilarning axloqiy-ruhiy holatini yaxshilash bilan birga, ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini yanada orttiradi.

Mashqlarni yuksak saviyada o‘tkazish uchun harbiy psixolog katta leytenant N.Mamajonov va kapitan B. Tursunov harbiy xizmatchilar ishtirokida o‘quv joylarida maxsus psixologik treninglar olib borishdi.

Amaliy tarzda o‘tgan mashg‘ulotlarda harbiy xizmatchilar o‘zlarining axloqiy-ruhiy tayyorgarliklarini yana bir bor sinovdan o‘tkazishdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti