Yo‘qlov: imkoniyati cheklangan bolalarning cheklanmagan imkoniyatlari (foto)

70

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni kitobga bo‘lgan qiziqishini, intellektual salohiyatini yanada oshirish maqsadida Angren shahar 34-sonli tayanch harakatlari nuqsoni bor bolalar maktab internatiga harbiy qism targ‘ibot guruhi tashrif buyurdi.

»Siz O‘zbekiston vatanparvarlari karvonining davomchilari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Erkin muloqotlar davomida bolajonlarning orzu va istaklariga kuch bag‘ishlaydigan jo‘shqin fikrlar aytildi, ularga qanot bo‘ladigan voqealardan so‘zlab berildi.
Aslida yurtimizda imkoniyati cheklangan bolalar uchun cheklanmagan imtiyozlar borligi, har qanday sohada iqtidori bor bo‘lgan yoshlarga teng sharoitlar yaratilgan.

Ushbu tashrif shu kabi muhim masalalarni bolajonlarga anglatish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qiladi.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati