“Tinchlik navosi” xalqaro festivali oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi

0
792

Qurolli Kuchlar akademiyasida Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar harbiy orkestrlarining poytaxtimizda boʻlib oʻtadigan “Tinchlik navosi” xalqaro festivali oldidan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Unda ishtirokchi davlatlar vakillari hamda ommaviy axborot vakillari qatnashdi. Anjumanni boshqargan Mudofaa vazirligi Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar Bosh boshqarmasi boshligʻi polkovnik Hasan Halilov yigʻilish qatnashchilarini festival rejasi bilan tanishtirar ekan, mazkur festivalning badiiy qimmati, davlatlararo madaniy aloqalarni mustahkamlashdagi ahamiyati haqida ham atroflicha fikr yuritdi.

Shuningdek anjumanda festival oʻtkazish tartibi, qoidasi boʻyicha tushunchalar berildi. Festivalning yuqori saviyada oʻtishiga hissa qoʻshuvchi bir qator tashkiliy masalalar koʻrib chiqildi va bu boʻyicha takliflar oʻrtaga tashlandi.

 

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti