Sharqiy harbiy okrugga qarashli harbiy qismda davra suhbati bo‘lib o‘tdi

8

Sharqiy harbiy okrugga qarashli harbiy qismda “Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari orasida o‘z joniga qasd qilish holatlarini oldini olish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda harbiy qism va bo‘linmalar komandirlari, harbiylar va ularning oila a’zolari, hokimiyat, xotin-qizlar va boshqa davlat idoralaridan vakillar ishtirok etdi.

Mehmonlar “Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarini oldini olish”, “Islom dinida ayollarning odob-axloqi” mavzularida ma’ruza qildilar.

Darhaqiqat, bugungi kunda dolzarb bo‘lgan – o‘z joniga qasd qilish muammosi hanuzgacha kishini tashvishga solib kelmoqda.

Ma’ruzachilar ta’kidlaganidek, jamiyatimizda ayrim kishilar bilib-bilmay, ayniqsa, xotin-qizlar o‘zlarining jonlariga qasd qilib, ikki dunyoda abadiy la’natga va do‘zax azobiga duchor bo‘lishdek og‘ir gunohga qo‘l urmoqda.

Dinimiz ta’limotida insonning o‘z joniga qasd qilishi juda ham qattiq qoralanadi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti