Teatr mavsumi ochilishida harbiylar ham ishtirok etdi

10

O‘zbekiston davlat satira teatrida 33-mavsum ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirga o‘zbek teatr san’atining yorqin namoyondalari Yoqub Ahmedov, Yodgor Sadiyev, Madina Muxtorova hamda bir qancha ko‘plab teatr va san’at ustalari tashrif buyurishdi.
Dastlab teatrning ochilishida Qurolli Kuchlar akademiyasi harbiy orkestrining kuy va sadolari mehmonlarga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

Shundan so‘ng, teatr ijodkorlari tomonidan tayyorlangan rus dramaturgi N.Gogolning «Uylanish» asari asosidagi sahna ko‘rinishi namoyish etildi.

Teatrga mehmonlar va tomoshabinlardan tashqari Qurolli Kuchlar akademiyasining kursantlari va Toshkent harbiy okrugi harbiy qism askarlari, shuningdek ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar taklif etildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti