“Hamdoʻstlik—2022”: oʻzbek-tojik birgalikdagi oʻquvi yakuniga yetdi

0
1909

Bugun, erta tongdan Oʻzbekiston va Tojikiston Respublikalari mudofaa vazirlari general-leytenant Bahodir Qurbonov hamda general-polkovnik Sherali Mirzo, Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov va boshqa masʼul shaxslar “Hamdoʻstlik—2022” oʻzbek-tojik birgalikdagi oʻquvining asosiy bosqichi kuzatdilar.

Birgalikadgi oʻquv rejasiga koʻra ikki davlat chegarasini buzib kirmoqchi boʻlgan shartli dushman toʻdalariga motooʻqchi, tank, artilleriya va boshqa jangovar boʻlinmalar tomonidan aniq zarbalar berildi.

Amaliy oʻquv yakunida Oʻzbekiston va Tojikiston Respublikalari mudofaa vazirlari “Hamdoʻstlik—2022” birgalikdagi oʻquv ishtirokchilari va tashkilotchilarini erishilgan yutuqlar bilan tabriklashdi. Jarayonlarda faol qatnashgan har ikki davlat harbiy xizmatchilari Oʻzbekiston va Tojikiston Respublikalari mudofaa vazirliklari tomonidan taʼsis etilgan medallar, esdalik nishonlari va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

Asror Roʻziboyev, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti