Mudofaa vazirligi sport vzvodi sportchisi xalqaro turnirda 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi

26

Janubiy Koreyaning Chongju shahrida Butunjahon jang san’atlari festivali doirasida jangovor sambo bo‘yicha jahon kubogi o‘tkazildi. Unda o‘zbekistonlik bir guruh sportchilar ham ishtirok etib, Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishdi.

Quvonarlisi, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug sport vzvodi sportchisi shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Jo‘rabek Qobilov o‘z vazn toifasida faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tardi.

Jo‘rabekning yutuqlariga bir nazar:

2017-yil

  • 5 — 8-aprel. “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” hamda Amir Temur xotirasiga bag‘ishlab «Kombat Aykido» bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionatida – 1-o‘rin;
  • 14 – 16-aprel. Jangovar sambo bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida – 3-o‘rin;
  • 22 – 23-aprel. UShU bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida – 3-o‘rin;
  • 18 – 21-sentabr. Qo‘l jangi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi professionallar o‘rtasida – 3-o‘rin;
  • Oktyabr. Universal jang bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida – 1-o‘rin;
  • Noyabr. Jangovar sambo bo‘yicha Sochi (Rossiya Federatsiyasi) shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionati ishtirokchisi.

2018 yil

  • 5 – 7-yanvar. Universal jang bo‘yicha respublika ochiq chempionatida – 2-o‘rin;
  • 29 – 31-yanvar. Sambo bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida hamda jangovar sambo bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida – 3-o‘rin;
  • 3 – 4-fevral. Jiu-Jitsu bo‘yicha Toshkent shahar ochiq turnirida – 1-o‘rin;
  • 8 – 9-fevral. Universal jang bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionatida professionallar o‘rtasida – 2-o‘rin;
  • 3-may. Farg‘ona shahrida qo‘l jangi bo‘yicha – 3-o‘rin;
  • 5 – 7-may. Jiu-jitsu bo‘yicha Respublika birinchiligi 85 kg vazn toifasida 1-o‘rin va Osiyo o‘yinlariga yo‘llanma;
  • 9 – 12 may. O‘zbekiston chempionati universal jang bo‘yicha – 2-o‘rin.

Bular harbiy sportchining o‘tgan ikki yilda qo‘lga kiritgan yutuqlari. Hali oldinda ko‘plab chempionatlar turganini inobatga olsak, shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Jo‘rabek Qobilovda bu kabi yutuqlar ko‘p bo‘ladi.

Unga omad tilagan holda, yangi marralarni zabt etishiga ishonib qolamiz.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti