Mudofaa vazirligi harbiy okrestrlari o‘rtasida ko‘rik-tanlov o‘tkaziladi

251

Harbiy sohada kuy va musiqaning ta’sir kuchi katta. Ularda jangovar ruh, fidoyilikni tarannum etuvchi ohangning borligi Vatan himoyachilari uchun kuch-g‘ayrat, shijoat manbaidir. Yurt o‘g‘lonlari ruhiy tetiklikni mana shu kuy-qo‘shiqlardan oladi.

Mudofaa vazirligi harbiy orkestrlari o‘rtasida jangovar ruhni ko‘taradigan, davralarga xush kayfiyat ulashadigan, hech qachon eskirmaydigan va ko‘ngilga tegmaydigan, har doim ezgulikni, poklikni, vatanparvarlikni madh etuvchi “Musiqa jangovar safda” nomli harbiy qo‘shiqlarning navbatdagi, an’anaviy ko‘rik-tanlovining yakunlovchi bosqichi o‘tkaziladi.

Ko‘rik-tanlov 26 may kuni soat 17.00da Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat markazi (Lisunova massividagi sobiq Aviasozlar saroyi) oldidagi ochiq maydonda boshlanadi.

Unda Mudofaa vazirligining 12 ta harbiy orkestr jamoasi ijodiy bellashuvda g‘oliblik uchun bahslashadi.

Qo‘rik-tanlovda, shuningdek, Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalarining orkestr jamoalari ijod namunalari bilan tanlovdan tashqari ishtirok etadi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati