“Men g‘olib” shiori ostida o‘tkazilgan tanlovning okrug bosqichi yakunlandi

94

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari miqyosida “Men g‘olib” shiori ostida o‘tkazilgan “Eng ilg‘or tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitseri” tanlovining okrug bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitserlari o‘rtasida sog‘lom raqobatni qaror toptirish, jangovar tayyorgarlik va komandirlik dasturlarini samarali o‘zlashtirishi, shaxsiy kasbiy mahoratini takomillashtirish maqsadida o‘tkazilgan tanlov uch kun davomida tarbiyachilarning ma’naviy-ma’rifiy, jangovar, otish, texnik va jismoniy tayyorgarligini sinovdan o‘tkazdi.

Qizg‘in murosalarga boy o‘tgan tanlovda okrugning kuchli va tajribali tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitserlari aniqlandi.

G‘oliblar Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘mondonligi tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

“Eng ilg‘or tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitseri” tanlovida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan mayor Muhammad Ali Muqimov navbatdagi bosqichga yo‘llanma oldi.

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug Matbuot xizmati