Prezidentimizning Vatan himoyachilariga yana bir ijtimoiy tuhfasi

252

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-3726-son qaroriga muvofiq, 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab Qurolli kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning xizmatdagi ofitserlari, shartnoma bo‘yicha xizmat qilayotgan serjantlar
va oddiy askarlar tarkibi farzandlariga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun quyidagi imtiyoz va imkoniyatlar joriy qilindi:

respublika oliy ta’lim muassasalariga umumiy belgilangan qabul ko‘rsatkichlari kvotasidan tashqari, harbiy oliy ta’lim muassasalariga esa kursantlarning umumiy qabul sonidan besh foizli davlat granti asosida qabul kvotasi ajratish;

2018-2019 o‘quv yilidan boshlab harbiy xizmat vazifalarini bajarish chog’ida halok bo‘lgan hamda harbiy xizmat vazifalarini bajarish chog’ida yarador bo‘lgan, kontuziya, shikast olish natijasida nogiron bo‘lib qolgan yoki kasalliklarga duchor bo‘lgan harbiy xizmatchilarning farzandlari oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichiga davlat granti asosida tanlovsiz qabul qilish;

vazirlik va idoralarga 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab, oldin to‘lov-shartnoma asosida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichiga o‘qishga kirgan, harbiy xizmatni o‘tashda halok bo‘lgan ofitserlar, shartnoma bo‘yicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlarning farzandlari uchun shartnoma pulini to‘lab berish;

Qabul kvotasining taqsimoti:

Mudofaa vazirligi – 44 foiz;

Davlat xavfsizlik xizmati – 30 foiz;

Ichki ishlar vazirligi – 10 foiz;

Milliy gvardiya – 10 foiz;

Favqulodda vaziyatlar vazirligi – 3 foiz;

Prezidentning xavfsizlik xizmati – 2 foiz.

Axborot texnologiyalari va

kommunikatsiyalarini

rivojlantirish vazirligi – 1 foiz;

Shartlari:

Oliy ta’lim muassasalariga kvota asosida kirish hamda davlat granti asosida ta’lim olish huquqiga tegishli vazirlik va idoralarning tavsiyanomalariga ega bo‘lgan harbiy xizmatchilarning farzandlari ega bo‘ladilar;

Tavsiyanomalar harbiy xizmatchilarning bevosita boshliqlari iltimosnomasiga asosan tegishli vazirlik tomonidan beriladi;

Kvota chegarasida harbiy xizmatchilarning farzandlarini qabul qilish tanlov asosida amalga oshiriladi.

Mudofaa vazirligi yuridik xizmati