Mudofaa vazirligi sportchilari boks bo‘yicha xalqaro turnirda Rossiyadan o‘tib ketdi

201

Qozog‘iston Respublikasining poytaxti Olmaota shahrida Sobiq Sovet Ittifoqi qahramoni armiya generali S.K. Nurmagambetovning xotirasiga bag‘ishlangan boks bo‘yicha Xalqaro turnirda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Sport klubi a’zolari umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Xalqaro turnirda ishtirok etgan 6 mamlakat (Qozig‘iston, Rossiya, Tojikiston, Mo‘g‘iliston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston)ning 130 nafar harbiy sportchilari o‘zaro kuch sinashdi. An’anaviy xotira turnirida O‘zbekiston sharafini 10 nafar sportchi himoya qildi.

Musobaqada hamyurtlarimiz Abdullo Kuchkarov (56 kg) hamda Madiyor Sayidraximov (91 kg.dan yuqori) oltin medallarini qo‘lga kiritdi. Xasanboy Latipoxunov (52 kg), Shukur Rahimov (60 kg) va Bobousmon Boturov (69 kg) turnirning kumush medallari bilan taqdirlandi. Broza medallarini yurtimizga Jahongir Rasulov (64 kg), Odiljon Aslonov (75 kg) va Kozimbek Mardonov (81 kg) olib keldi.

Umumjamoa hisobi bo‘yicha turnir mezbonlari birinchi, O‘zbekiston ikkinchi va Rossiya uchinchi o‘rinlarga egalik qildi.

G‘olib va sovrindor sportchilarimiz O‘zbekistonga shoda medallar bilan qaytib keldi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati