O‘zbekiston mudofaa vaziri Moskvada g‘olib tankchilarni qutladi

26

Joriy yil 3-avgustdan 17-avgust kuniga qadar davom etgan beshinchi xalqaro armiya o‘yinlarida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari munosib ishtirok etdi. Xususan, “Tank biatloni” musobaqasining 2-dvizionida ilk bor qatnashgan vakillarimiz barcha raqiblarini ortda qoldirib, faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov armiya o‘yinlarining yopilish marosimida ishtirok etish uchun Rossiya Federatsiyasiga tashrif buyurdi. Mudofaa vaziri yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan “Tank biatloni” jamoasi bilan uchrashib, ularni qizg‘in muborakbod etdi.

– Sizlarni nufuzli musobaqada yuksak marrani egallab, davlatimiz bayrog‘ini baland ko‘targaningiz bilan qutlayman! Sizlar haqiqiy vatanparvarlarsiz! O‘zbekning quch-qudrati, mahorati va hech kimdan kam emasligini yana bir bor isbotladingiz! Sizlar bilan butun O‘zbekiston faxrlanadi!

Shundan so‘ng Mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri armiya generali Sergey Shoygu hamrohligida “Do‘stlik uyi”da tashkil etilgan, jonajon Vatanimiz haqida yetarlicha taassurot uyg‘otadigan O‘zbekiston Respublikasi ko‘rgazmasi bilan tanishdi.

AXalqaro armiya o‘yinlarining yopilish marosimi “Tank biatloni” musobaqasining 1-divizion final bahsidan so‘ng Moskva viloyatidagi “Patriot” parkida bo‘lib o‘tadi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti