Harbiylar Muhammad Yusuf uy-muzeyida hashar o‘tkazdi

21
Foto: Qurolli Kuchlar akademiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi farmoyishiga binoan joriy yilning avgust oyi mamlakatimizda obodonlashtirish va tozalik oyligi hamda 17—18-avgust umumxalq xayriya hashari kunlari, deb e’lon qilindi.

Shu munosabat bilan Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida, okruglar, harbiy shaharcha va ularga yaqin hududlarda, harbiy qism va muassasalarda minglab ko‘chatlar o‘tqazilyapti, daraxtlar butalanyapti, oqlanyapti, ariq va ko‘chalar xazondan tozalanyapti, hududlarga yam-yashil o‘tlar va anvoyi gullar ekilyapti.

Foto: Qurolli Kuchlar akademiyasi
Foto: Mudofaa vazirligi
Foto: Qurolli Kuchlar akademiyasi

Unda Mudofaa vazirligiga qarashli barcha harbiy bo‘linmalarning harbiy xizmatchilari ishtirok etmoqda.

– Milliy qadriyatlarimizning boqiy an’analaridan biri hisoblanmish hashardagi sa’y-harakatlarimiz natijasida harbiy qism va muassasalar hududi va yon-atroflarida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi, ariq-zovurlar tozalandi, – deydi Toshkent harbiy okrugiga qarashali harbiy qismlardan birida xizmat qilayotgan kapitan Doniyor Olloberganov. – Aslida o‘simlik, nav-nihol ekish, uni parvarishlash azal-azaldan ezgu ish sanaladi. Shunday ekan, inson ruhiyatini oziqlantiruvchi va rohat bag‘ishlovchi bunday ishlarda ishtirok etish barchamiz uchun ham maroqli, ham huzurbaxshdir.

Foto: Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati

Ta’kidlash kerakki, umumxalq hasharida harbiy xizmatchilarning oila a’zolari ham faol ishtirok etib, yurtimiz obodonligiga o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Foto: Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti