“ArMI – 2019”. Hamyurtlarimiz “Musaffo osmon” xalqaro musobaqasida ham uchinchi o‘rinni egalladi

20

Xitoyning Korla shahrida o‘tkazilgan V Xalqaro armiya o‘yinlarining “Musaffo osmon” musobaqasida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Xitoy, Rossiya, Belarus, Misr, Venesuela, Pokiston va O‘zbekiston jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov 3 bosqichda o‘tkazildi.

Jamoalar “Type 92A” BTR texnikalari yordamida harakatlanish, QW-2 ko‘chma zenit raketa majmuasi yordamida soniyasiga 250 – 300 metr tezlikda uchayotgan “Vertolyot” nishonini hamda 12,7 millimetrli zenit pulemyot qurilmasi yordamida boshqa nishonlarni yakson etish shartlarini bajardi.

Qiyinchiliklarga qaramay harbiy xizmatchilarimiz barcha shartlarda muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti