Jizzaxda “Harbiy-tibbiy estafeta” xalqaro tanlovining yakunlanishi munosabati bilan mushakbozlik bo‘lib o‘tadi

98

Bugun, 15-avgust kuni soat 19:00 da O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilgan “Harbiy-tibbiy estafeta” xalqaro tanlovining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

“Forish” poligonida xalqaro tanlovning yakunlanishi munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanali marosim yakunida mushakbozlik uyushtiriladi. Soat 15:00 da esa xalqaro tanlov yakunlariga bag‘ishlangan matbuot-anjumani bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, bugun, Toshkent vaqti bilan soat 13:00 da O‘zbekiston jamoasi ishtirok etayotgan “Tank biatloni” tanlovining ikkinchi divizioni finalda o‘zaro bahslashadi.

Eslatib o‘tamiz, 13-avgust kuni “Alabino” poligonida II divizion yarim final bahslarida O‘zbekiston eng yaxshi natija bilan finalga yo‘l olgan edi. “Tank biatloni” ikkinchi divizioni finalida hamyurtlarimiz g‘oliblik uchun Kuba, Vetnam va Uganda jamoalari bilan kurashadi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti