Toshkentda 9 mayga bag‘ishlangan navbatdagi aksiya o‘tkaziladi

473

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi tomonidan 2 may, chorshanba kuni soat 14.00da Ikkinchi jahon urushi yillaridagi harbiy texnikalarda o‘sha yillarning harbiy kiyimini kiygan harbiy orkestr ijodkorlarining Toshkent ko‘chalari bo‘ylab harakatlanib, belgilangan joylarda konsert dasturlarini uyushtirish aksiyasi o‘tkaziladi.

Aksiya va konsert dasturi quyidagi manzillarda bo‘lib o‘tadi:

soat 14:00da Do‘mbirobod dahasidagi “Mustang” AYOQSH oldida harakat boshlanishi (mo‘ljal: Janubiy vokzal tomonidan kelishda “Olmazor” metro bekatidan oldingi chorraha);

soat 14:30da Usmon Nosir ko‘chasidagi Shota Rustaveli haykali oldidagi maydonchada to‘xtaydi (mo‘ljal “Bobur” parki ro‘parasi);

soat 15:40da Temuriylar tarixi davlat muzeyi oldidagi maydonchada to‘xtaydi;

soat 16:30da O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi binosi oldidagi maydonchada to‘xtaydi;

soat 18:00da Yunusobod bozori ro‘parasidagi avtobuslar bekati oldidagi maydonchada to‘xtaydi.

Avtokolonna Do‘mbirobod dahasidan Janubiy vokzal orqali Usmon Nosir va Amir Temur ko‘chalari bo‘ylab harakatlanib, Yunusobod tumanidagi “Megaplanet” gipermarketi oldidan burilib qaytadi. Marshrut uzunligi 20 km.ga yaqin.

Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati