Harbiylar ishtirokida “Vatan uchun yashaylik” nomli ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug Axborot resurs markazida “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostida taniqli shoir Turdi Haydar bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“Vatan uchun yashaylik” nomli ushbu uchrashuvning avvalida shoir o‘z ijodidagi tinchlikni, Vatanni madh etuvchi eng sara sheьrlarini armug‘on etgan bo‘lsa, bir guruh harbiy xizmatchilar ham o‘z ijodiy mashqlarini ustoz shoir bilan o‘rtoqlashdi.

Shoirga hamroh bo‘lib kelgan shogirdlari ham davraga o‘z sheьrlari bilan yanada fayz kiritishdi. Vatanga, ota-onaga va yorga sadoqat hislarini tarannum etuvchi sheьrlar guldastasi barchada iliq taassurot qoldirdi.

Do‘stona va samimiy kayfiyatda o‘tgan uchrashuvda harbiy xizmatchilar adabiyot, she’riyat bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga ijodkordan javob olishdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti