«REMBAT» musobaqasi g‘oliblari tantanali kutib olindi

37

Toshkent xalqaro aeroportida Rossiya Federatsiyasining Omsk shahrida o‘tkazilgan “REMBAT” – “Eng ilg‘or ta’mirlash va evakuatsiya bataloni” musobaqasi g‘oliblarini kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa g‘oliblari Mudofaa vazirligi qoshidagi harbiy orkestr jamoasi tomonidan ijro etilgan dilgir ohanglar sadosida qarshi olindi. G‘oliblar sharafiga iliq so‘zlar aytildi.

Quvonarlisi, Toshkent harbiy okrugi vakillari ham ushbu g‘alabaga munosib ulush qo‘shdilar.

Eslatib o‘tamiz, Mudofaa vazirligi terma jamoasi yakka tartibdagi poyga, harbiy texnika estafetasi, otish tayyorgarligi, jamoa sardorlari bellashuvi shartlarini muvaffaqiyatli bajarib, yakunda umumjamoa hisobida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.