“Eng yaxshi saf qo‘shig‘i” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

4

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostida “Eng yaxshi saf qo‘shig‘i” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Bu haqda markaz press-attashesi shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Xayrullo O‘lmasov xabar berdi.

“Eng yaxshi saf qo‘shig‘i” ko‘rik-tanlovi vzvodlar hamda kurslar o‘rtasida o‘tkazildi. Saf qo‘shiqlarining barchasi vatanparvarlik ruhida bo‘lib, uni eshitgan har bir insonning ona Vatanga bo‘lgan muhabbati, sadoqati yanada ortishi tabiiy.

Vzvodlar o‘rtasida 2-o‘quv vzvodi g‘olib deb topilgan bo‘lsa, kurslar o‘rtasida esa 1-o‘quv kursi birinchi o‘ringa egalladi.

G‘oliblar markaz qo‘mondonligi tomonidan Faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti