“Nukus” poligonida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi

3

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi “Nukus” dala o‘quv maydoni tankodromida texnikalarni temir yo‘l platformalariga yuklash va mustahkamlash bo‘yicha ko‘rgazmali mashg‘ulot o‘tkazildi.
Ko‘rgazmali mashg‘ulotda okrug harbiy qism komandirlari va muassasa boshliqlari hamda yosh leytenantlar, Qurolli Kuchlar faxriylari ishtirok etishdi.

Mashg‘ulot davomida temir yo‘l transportlariga harbiy texnikalarni yuklash va ularni mustahkamlash, harbiy eshelonni xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tajribalar amalda namoyish etildi.

Ko‘rgazmali mashg‘ulot doirasida okrug sport vzvodi hamda qo‘riqlash va xizmat ko‘rsatish vzvodlari shaxsiy tarkibi bilan avtomatdan o‘quv o‘q otish mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Okrug qo‘mondonligi tomonidan o‘z xizmat majburiyatlariga sidqidildan yondashgan bir guruh harbiy xizmatchilarga minnatdorchilik e’lon qilindi va faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati