Markaziy harbiy okrug tomonidan o‘tkazilgan kunduzgi va tungi o‘quv mashg‘ulotlari muvaffaqiyatli yakunlandi (foto+video)

3

Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi tashabbusi bilan Samarqand shahridagi Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalari hamkorligida tungi va kunduzgi o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Yuqori saviyada tashkillashtirilib, uch bosqichda o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotlarining birinchi kuni “Zarafshon” temiryo‘li ko‘prigi yaqinida 300 metr masofada harakatdagi poyezd shartli ravishda portlatildi. Tungi soat 02.30 da sodir bo‘lgan ushbu holatni o‘rganish va tezkor choralar ko‘rish maqsadida Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklarining viloyat boshqarmalarining tezkor guruhlari yetib keldi. Qisqa fursatda xavf bartaraf etildi. Izdan chiqqan vagonni relsga qo‘yish uchun 350 tonnali kran ishga tushirildi. Yong‘in o‘chirildi. Yaradorlar qutqarilib, joy yana bir bor tekshiruvdan o‘tkazildi.

Ikkinchi bosqichda tegishli Kuchishlatar tuzilmalarning tezkor bo‘linmalari zimmasiga “Zarafshon” avtomobil yo‘lidagi ko‘prikka o‘rnatilgan minani zararsizlantirish hamda yo‘q qilish vazifasi yuklatildi.

Dastlab, minani o‘rnatgan shaxslar joylashgan ob’ekt aniqlanib, ularni qo‘lga olish bo‘yicha maxsus guruh tuzildi. Olib borilgan choralar natijasida “Telegrop” rusumli robort yordamida minalar muzlatib, portlovchi vositaning ishchi holati to‘xtatildi va yo‘q qilindi.

Ushbu o‘quv mashg‘ulotlarining uchinchi bosqichida harbiy texnika va moddiy vositalarni temiryo‘l poyezdiga yuklash va tashish kabi tadbirlarni o‘z ichiga oldi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati