O‘zbekistonlik razvedkachilar “ArMI – 2019” musobaqasining to‘rtinchi bosqichini boshladi

50

Hindistonning Rajastxon shtati Jaysalmer shahri yaqinidagi dala-o‘quv maydonida bo‘lib o‘tayotgan “Qo‘shin razvedkasi a’lochilari – 2019” musobaqasining to‘rtinchi bosqichi – nishonlarga o‘q otish davomida o‘zbek razvedkachilari shtatdagi qurollardan yakka tartibda o‘q otish mashqini a’lo darajada bajarishdi.

Yakka tartibda o‘q otish mashqilari yakuniga ko‘ra, guruh razvedkachi-snayperi shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Azamat Xaydarov va o‘qchi-razvedkachi shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Asadullo Xabibullayev o‘z merganlik mahoratlarini ko‘rsatib, jamoamizni yuqori natijalarga yetaklashmoqda.

Otish mashqlari Makarov pistoleti, AK-74 Kalashnikov avtomati, RPK-74 pulemyoti, merganlik miltig‘i va tankka qarshi qo‘l granatomyotidan amalga oshirildi.

Shuningdek, ushbu bosqichda musobaqa ishtirokchilari razvedka guruhi tarkibida jangovar o‘q otish, pichoq, piyodalar kurakchasi va o‘quv granatasini aniq va belgilangan vaqtga turli masofadagi nishonlarga qarata otish mashqlarini bajarishadi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti