“Askar qo‘shig‘i” tanlovi g‘oliblari navbatdagi bosqichga yo‘llanma olishdi

41

10-avgust kuni Nukus garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazida Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi harbiy qism va muassasalarida xizmat burchini o‘tayotgan muddatli harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Askar qo‘shig‘i” ko‘rik-tanlovining okrug bosqichi bo‘lib o‘tdi. Askarlar ko‘rik-tanlovda saf, estarada va lirik qo‘shiqlar yo‘nalishida ijodiy mahoratlarini namoyon etishdi.

Saf yo‘nalishida oddiy askar Umidjon Ne’matjonov, estrada yo‘nalishida oddiy askar Abduraxim Umirzakov, lirik yo‘nalishda oddiy askar Firdavs Jo‘rayev 1-o‘rinlarga munosib topildi va navbatdagi bosqichga yo‘llanma oldilar. G‘olib va sovrindorlar okrug qo‘mondonining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Yosh askarlarga “Askar qo‘shig‘i” ko‘rik-tanlovining navbatdagi bosqichida omad va zafarlar tilaymiz.

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi matbuot xizmati