O‘zbekistonning “Elbrus halqasi” jamoasi birinchi o‘rinda ketmoqda

7

Rossiya Federatsiyasining Kabardin Bolqoriya Respublikasida beshinchi xalqaro armiya o‘yinlari doirasida bo‘lib o‘tayotgan “Elbrus halqasi” musobaqasiga vakillarimiz peshqadamlikni qo‘ldan boy bermayapti.

Xususan, daryo to‘siqlar va toshli yo‘laklardan o‘tish shartida yurtdoshlarimiz malaka va mahoratda nimalarga qodir ekanligini amalda namoyish etishdi.

Shunday qilib mazkur shartlar natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Qozog‘iston jamoasi ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, uchinchi o‘rin Rossiya jamoasiga nasib etdi. Endi barcha jamoalar tog‘ tizmalari bo‘ylab harakatlanishadi va harakat davomida musobaqa shartida ko‘rsatilgan vazifalarni bajarishadi.

Mazkur musobaqada Rossiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Hindiston va Marokko qirolligi jamolari ishtirok etmoqda. Pokiston va Armaniston jamoalari esa kuzatuvchi davlatlar hisoblanadi.

“Elbrus halqasi” musobaqasi harbiy xizmatchilarning tog‘ tayyorgarligi bo‘yicha mahoratini sinovdan o‘tkazadigan o‘zining bir qator murakkabliklari bilan ahamiyatli.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti