“Eng ilg‘or tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitseri” tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi

41

O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarda tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitserlari (vzvod, batalon, divizion va eskadrilya) bilan joriy yilning iyul oyida
“Eng ilg‘or tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitseri” tanlovining harbiy qismlar miqyosida birinchi bosqichi bo‘lib o‘tgan edi.

Joriy yilning 6—8-avgust kunlari mazkur tanlovning ikkinchi bosqichi o‘tkazildi.
Tanlov ikki bosqichdan – nazariy va amaliy qismlardan iborat bo‘lib, nazariy qismida ofitserlar tarbiyaviy va mafkuraviy yo‘nalishlarda test sinovi va harbiy kasbiy tayyorgarlik bo‘yicha yozma topshiriqlarni bajarishdi.

Amaliy qismida tanlov ishtirokchilari taktik tayyorgarlik va hujjatlarni rasmiylashtirish, jismoniy va texnik tayyorgarlik me’yorlarini hamda nishonlarga o‘q otish bo‘yicha amaliy sinovlarni bajardilar.

Tanlov ko‘tarinki ruhda va sog‘lom raqobat ostida o‘tdi. Ushbu tanlov ofitserlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik hamda tashabbuskorlik muhitini shakllantirishi bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti