Mudofaa vazirligi regbi jamoasi Angliya jamoasini yirik hisobda mag‘lub etdi (video+foto)

18

Joriy yilning 5—8-avgust kunlari O‘zbekiston va Buyuk Britaniya regbi terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu o‘yin ikki jihati bilan ahamiyatli: birinchidan, mehmon jamoa Mudofaa vazirligi sport klubi a’zolaridan iborat terma jamoa bilan kuch sinashgan bo‘lsa, ikkinchidan, O‘zbekiston terma jamoasi vakillari bilan qizg‘in bahs olib bordi.

Kuni qizdirishiga qaramay, O‘zbekiston milliy universiteti stadioni tomoshabinlar bilan gavjum bo‘ldi.

Xavfli va o‘ta tezkor sanalgan ushbu o‘yinning birinchi kunida Buyuk Britaniya terma jamoasi Mudofaa vazirligi terma jamoasi bilan kuch sinashib, yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi.
Ikkinchi yakunlovchi o‘yinda inglizlar O‘zbekiston terma jamoasi vakillari bilan kuch sinashib, kichik hisobda g‘alaba nashidasini surishdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Mudofaa vazirligi sportchilari oliy o‘rinni egallab, regbi Vatani bo‘lmish Britaniya terma jamoasi ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi.

Taqdirlash marosimida kubok va sovg‘alar o‘z egalariga topshirildi. Ingliz regbichilariga o‘zbek do‘ppisi va milliy qadriyatlarimiz aks etgan sovg‘alar topshirildi.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati