O‘tgan yili rekord o‘rnatgan o‘zbekistonlik kinologlar jamoasi “ArMI—2019”da qatnashishiga tayyor

711

Joriy yilda ham Xalqaro armiya o‘yinlari doirasida o‘tkazilayotgan “Sodiq do‘st” musobaqasida o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar o‘z mahoratlarini namoyish etishadi. Ayni vaqtda Mudofaa vazirligi harbiylari ushbu musobaqaning yakuniy tayyorgarlik mashg‘ulotlarida qatnashmoqda.

Moskva viloyatining Dmitrov shahrida o‘tkazilayotgan bellashuvda Rossiya, Belarus, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Aljir Xalq Demokratik respublikasi, Rossiya Federatsiyasining ayollar va DOSAAF jamoalari ishtirok etmoqda.

Jamoalar Dog-biatlon (individual poyga), himoya xizmati (shartli qoidabuzarni ushlash), 300 metrli to‘siqli yo‘lakdan o‘tish qurollardan nishonni mo‘ljalga olish shartlarini bajarishadi. Ayni paytda yurtdoshlarimiz har bir shart bo‘yicha o‘z mahoratlarini oshirishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «ArMI-2018»da IV Xalqaro armiya o‘yinlari doirasida «Sodiq do‘st» tanlovnining 300 metrli to‘siqlar yo‘lagidan o‘tishda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Markaziy xizmat itlari pitomnigi harbiy xizmatchisi Shokir Jo‘rayevining «Gita» laqabli xizmat iti 1 daqiqayu 15 soniya natija bilan rekord o‘rnatgan edi.

Mudofa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti