“ArMI—2019”: O‘zbekistonlik harbiylar Elbursni zabt yetishga tayyor

694

Rossiya Federatsiyasining Kabardin Bolqor Respublikasida beshinchi xalqaro armiya o‘yinlari doirasida bo‘lib o‘tadigan “Elbrus halqasi” musobaqasida ishtirok etish uchun O‘zbekistondan borgan harbiy xizmatchilar jiddiy tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

Podpolkovnik M.Bobojonov boshchilik qilayotgan o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar mahorati, tayyorgarligiga bellashuv tashkilotchilari yuqori baho berdi.

Harbiy xizmatchilarning tog‘ tayyorgarligi bo‘yicha mahoratini sinovdan o‘tkazadigan “Elbrus halqasi” musobaqasi o‘zining bir qator murakkabliklari bilan ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otadi. Xavfli va ekstremal vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish, irodaning mustahkamligi, kuchli sabr-bardosh va o‘ziga bo‘lgan ishonch musobaqada katta ahamiyatga ega.

Vakillarimiz hozirda tog‘ daryosidan o‘tib, tog‘ tizmasiga ko‘tarilish mashg‘ulotlarini bajarishmoqda. Ko‘zga tashlanayotgan ba’zi bir xato va kamchiliklar bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Musobaqada Rossiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Hindiston va Marokash qirolligi jamolari ishtirok etadi. Pokiston va Armaniston jamoalari esa kuzatuvchi davlatlar hisoblanadi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti