Harbiy xizmatchilarga saylov qonunchiligi to‘g‘risida kerakli tavsiyalar berildi

0
652

Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa va Harbiy havo kuchlari qoʻmondonligiga qarashli Xonobod qoʻrgʻonida joylashgan harbiy qismlarning birida xizmat vazifasini oʻtayotgan Vatan himoyachilari bilan  “Prezident saylovi – kelajak tanlovi!” shiori ostida tadbir tashkil etildi.

Qashqadaryo viloyat Adliya boshqarmasi boʻlim boshligʻi Nilufar Sattorova, Oʻzbekiston Liberal Demokratik Partiyasi mafkuraviy targʻibot guruhi mudirasi Asila Sultonova tomonidan mavzu doirasida qilingan maʼruzalar davomida tinglovchilar saylov qonunchiligi borasida chuqur bilimga ega boʻldi.

Xizmat safari, oilaviy sharoiti yoki boshqa asosli sabablar tufayli oʻz saylov uchastkasidan uzoqda boʻlganlarning tanlagan nomzodiga qanday ovoz berishlari mumkinligi haqida ham muhim maʼlumotlar yatkazildi. Harbiy xizmatchilar ham oʻzlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javoblar olishdi.

Tizimli oʻtkazilib kelayotgan bu kabi tadbirlar yurt himoyachilarining siyosiy savodxonligini oshirish bilan bir qatorda, nomzodlarning saylovoldi dasturlari bilan yanada chuqurroq tanishishlari uchun ham imkon yaratayotgani bilan ahamiyatlidir.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati