Buxoroda alp o‘g‘lonlar bellashuvi bo‘lib o‘tdi

0
4688

Buxoro viloyatida joylashgan harbiy qismda harbiy xizmatchilar o‘rtasida qo‘l jangi, milliy kurash va mini futbol sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug miqyosida bo‘lib o‘tgan bellashuvlarda 12 ta jamoa ishtirok etdi. Unga ko‘ra 300 nafar sportchi  60 kilogramdan 100 kilogramgacha bo‘lgan 6 vazn toifasida baxslarda ishtirok etdi. Ishtirokchilar har bir vazn toifasida o‘z yo‘nalishi bo‘yicha bor mahorat va ko‘nikmalarini ishga solib, shaxsiy hamda umumjamoa hisobida turnir birinchiligi uchun kurash olib bordilar.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvlar yakuniga ko‘ra, umumjamoa hisobida 1-o‘rin Nuriston, 2-o‘rin Buxoro va  3-o‘rin Termiz garnizonlari jamoalariga nasib etdi hamda ular mazkur musobaqaning Mudofaa vazirligi miqyosida bo‘lib o‘tadigan bosqichiga yo‘llanma olishdi. 

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar harbiy okrug qo‘mondonligininng diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati