Harbiylar Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun yozgi oromgoh bo‘ylab ekskursiya tashkil etdi

71

Toshkent harbiy okrugiga qarashli harbiy qism ofitserlari, Mudofaa vazirligi harbiy orkestri, Toshkent garnizoni komendaturasi hamda Chirchiq garnizoni faxriylari birgalikda Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari holidan xabar oldi.

Toshkent shahrida joylashgan 21-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari G‘azalkent tumanida joylashgan yozgi dam olish oromgohiga “Vatanparvarlik karvoni” olib borilib, ularning maroqli hordiq chiqarishlari uchun barcha sharoitlar yaratildi.

Oromgohda bolajonlar uchun namoyish etilgan qo‘l jangi chiqishlari, kontsert tomoshalari bolajonlarning qalbini zavq-u shavqqa to‘ldirdi.

Tadbir yakunida bolajonlarga turli-tuman sovg‘a salomlar ulashildi, ularning kelgusidagi o‘qishlariga muvaffaqiyat tilandi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti