Qarshi garnizonidagi harbiy qismda ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi

60

Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli Qarshi garnizonidagi xarbiy kismda “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” munosabati bilan Qarshi xarbiy prokuraturasi hamda Yoshlar ittifoqining viloyat kengashi bilan hamkorlikda ochik eshiklar kuni o‘tkazildi.

Unda harbiy qism shaxsiy tarkibi, Qarshi harbiy prokuraturasi mas’ul ofitserlari, Yoshlar ittifoqi Qashkadaryo viloyat kengashi faollari va o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.

Harbiy qism mehmonlari zamonaviy uchuv apparatlari, harbiy uchuvchilar va harbiy xizmatchilarga yaratilgan sharoitlar hamda joriy yilning iyun oyida harbiy qism tashkil etilganining 70 yilligi munosabati bilan bunyod etilgan ochiq osmon ostidagi qiruvchi samolyotlar muzeyi bilan tanisharkan, yurtimizda harbiy aviatsia sohasiga qaratilgan ulkan e’tiborning ayni damda havo sarhadlarimizning daxlsizligidagi ahamiyati xususida xabardor bo‘ldi.

Ochiq eshiklar kuni mobaynida harbiy qismga tashrif buyurgan mehmonlar Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari sohasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob oldilar.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiya departamenti