Fotoreportaj: Mudofaa vazirligi badiiy havaskorlik jamoalarining “Mardlikka yetaklar – Vatan tuyg‘usi!” nomli ilk gala-konserti bo‘lib o‘tdi 

48

“Turkiston” san’at saroyida Mudofaa vazirligi harbiy qism va muassasalarida tashkil etilgan badiiy havaskorlik jamoalarining “Mardlikka yetaklar – Vatan tuyg‘usi!” nomli ilk katta gala-konserti bo‘lib o‘tdi.

Konsert dasturi asosan yoshlar qatlamiga mo‘ljallangan bo‘lib, unda Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilari, farzandlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol yoshlari hamda bir qator davlat va jamoat tashkilotlarining vakillari ishtirok etdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti