Axloqiy-ruhiy ta’minotni tashkillashtirishga bag‘ishlandi

42

Chirchiqdagi harbiy aerodromda Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi tassarufidagi harbiy qism va muassasalarning tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha komandirlar o‘rinbosarlari bilan “Yuqori jangovar shaylikka keltirish (jangovar harakatlar)da axloqiy-ruhiy ta’minotni tashkillashtirish” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi.

Mashg‘ulotlar ikki bosqichda o‘tkazildi. Birinchi bosqichda o‘rinbosarlar nazariy bilim va ko‘nikmalarini oshirishgan bo‘lsa, ikkinchi bosqichda amaliy mashg‘ulotlar orqali tajribalari yanada boyitildi.

Nazariy va amaliy mashg‘ulotlar davomida tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlar jangovar o‘quvlar jarayonidagi axloqiy-ruhiy ta’minot dolzarbligi, kundalik xizmat vaqtida Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlarida axloqiy-ruhiy tayyorgarlikni tashkillashtirish hamda o‘tkazish va qo‘shinlarda psixologik ishlarni tashkillashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti