Abdulla Qodiriy hayotiga bag‘ishlangan davra suhbati

0
659

Yosh avlodning bilimli va ma’naviyatli bo‘lib ulg‘ayishida kitob mutolaasi muhim ahamiyat kasb etadi.

Farg‘ona shahridagi zamonaviy kutubxonalarning birida Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari Farg‘ona garnizoni harbiy xizmatchilari, Yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyati Kengashi mas’ul xodimlari va yoshlar ishtirokida Аbdulla Qodiriy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda yoshlar bilan jadidchi asarlarining mazmun mohiyati haqida qizg‘in bahs-munozaralar bo‘lib, turli xil savollarga ana shu joyning o‘zida javoblar topildi.

Jadidlarning hayot yo‘liga nazar tashlaydigan bo‘lsak, judayam zalvorli, tashvishlarga to‘la bo‘lsa ham o‘zidan kechib xalqning ma’naviyatli va ma’rifatli bo‘lishi uchun oldinga undovchi badiiy asarlar yozgani asrlar osha e’tibordan qolmay, e’tirof etib kelinayotganini ko‘ramiz.

Yoshlarning kitobga qiziqishini ko‘rib, tadbir davomida ularga turli kitoblar sovg‘a qilindi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati