O‘zbekiston Mudofaa vazirligi terma jamoasi Minskda o‘tkazilayotgan sport musobaqasida ishtirok etmoqda

34

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi terma jamoasi Belarus Respublikasida o‘tkazilayotgan do‘stona armiya chempionati musobaqalarida ishtirokini davom ettirmoqda.
Musobaqalar komandirlar startlaridan iborat bo‘lib: Makarov pistoletidan o‘q otish, turnikda tortilish, 3, 1 km masofaga yugurish va suzish kabilardan iborat.

Harbiy ko‘pkurash: 100 metr masofaga yugurush, turnikda tortilish, granatani uzoqqa uloqtirish, to‘siqlardan o‘tish va 3 km masofaga yugurish.

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi terma jamoasi musobaqada ikkinchi o‘rinda bormoqda. Birinchi o‘rinda mezbon Belarus Respublikasi jamoasi ketmoqda.

Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti