Markaziy harbiy okrugda Xalqaro armiya o‘yinlariga jangovar texnikalarni tashish uchun maxsus dala temir yo‘l inshooti qurildi

23

9-iyul kuni Markaziy harbiy okrugiga qarashli Jizzax viloyati “Forish” tog‘ poligoni yaqinida navbatdagi Xalqaro armiya o‘yinlariga va Mudofaa vazirligi miqyosidagi ayrim musobaqalarga jangovar texnikalarni tashish uchun maxsus dala temir yo‘l inshoot foydalanishga topshirildi.

Tantanali tadbirda okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Oybek Saidov qurilish ishlarida yaqindan yordam bergan barcha xodimlar va Mudofaa vazirligi mas’ul ofitseri hamda harbiy xizmatchilarga esdalik sovg‘alar va faxriy yorliqlar topshirdi.

Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bilan hamkorlikda kunduzgi va tungi vaqtlarda ishlaydigan Chimqo‘rg‘on temir yo‘l hududida 3 milliard so‘m mablag‘ evaziga maxsus dala temir yo‘l stansiyasi qurildi.

Jangovar texnikalar qo‘riqlash guruhi uchun maxsus jihozlangan har bir vagonga 150 million so‘m mablag‘ sarflangan. Ushbu vagonlarda jangovar xizmatni olib borish uchun bir qator qulayliklar yaratilgan. Qish yozgi mavsumdagi konditsioner, yuvinish va dam olish, kuzatuv va boshqa xonalardan iborat.

Harbiy texnikalar bilan harakatlanayotgan poyezd okrug qo‘mondonligi tomonidan onlayn tarzda kuzatib boriladi.

Eskisidan farqli ravishda okrugda birinchi bo‘lib, qisqa muddatda platformani yon tomonidan harbiy texnikalarni ortish ishlari amalga oshiriladi. Chiqish maydoni esa betondan qilinishi (avval temirdan foydalanilgan) og‘ir texnikalarni sirpanib, tushib ketishini oldini oladi.

Tadbir yakunida Jizzax garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazi harbiy orkestr jamoasi tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

Ma’lumot o‘rnida, Hozirda Qurolli Kuchlarda qurol-aslaha va jangovar texnikalarni tashish ishlari temir yo‘l, havo hamda avtomobil transport vositalari orqali amalga oshiriladi.