Mudofaa vazirligiga qarashli “Tong”da otayotgan tonglar

37

Xabaringiz bor, ayni kunlarda besh tashabbusni amaldagi ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda turli tadbirlar o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Tong” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida ham besh tashabbus bo‘yicha sport tadbirlari tashkil etildi.

Tadbir bolalar sportiga mo‘ljallangan bo‘lib, unda stol tenisi, uzunlikka sakrash, yugurish kabi sohalar qamrab olindi. Musobaqani Havo hujumidan Mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi xotin-qizlari va harbiy xizmatchilarning oila a’zolari bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassisi Dilbar Husanova ochib berdi. Bolalarning yotoq joylari, ovqatlanish xonalari ko‘zdan kechirildi. Oromgohda bolalar uchun zarur imkoniyatlar yaratilgan bo‘lib, yoshlarning kayfiyatlari ko‘tarinki ruhda.

Tadbir so‘ngida sport musobaqalari g‘oliblariga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti