Harbiylar farzandlari uchun ko‘ngilochar tomoshalar uyushtirildi

33

Nukus garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazida harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari hamda muddatli harbiy xizmatchilar uchun O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Nukus shahar kengashi tomonidan “Yozni kamalak bilan” nomli konsert tomoshasi tashkil etildi.

Konsert davomida ittifoq kengashining qiziqarli shou-dasturlari harbiylarning farzandlari va askarlarda katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, harbiy qismning bir guruh askarlari ishtirokidagi qo‘l jangi elementlari namoyishi jajji bolakaylarning harbiy bo‘lish istagini uyg‘otgani shubhasiz.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti