Ochiq osmon ostida oʻtkazilgan tantana

0
5437

Poytaxtimizdagi Amir Temur hiyobonida Buyuk Sohibqiron tavalludining 686-yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi olimlari, Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, kuch tuzilmalari harbiy xizmatchilari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etgan tadbir koʻtarinki ruhda tashkil etildi.

Qadim zamonlardan beri Vatanimiz oʻzining mashhur allomayu olimlari, sarkardalari bilan dunyoga tanilib kelgan. Bu ulugʻ insonlar qoldirgan maʼnaviy meros asrlar osha ham oʻz nufuzini yoʻqotgan emas. Umrining mazmunini millatning dardlariga darmon boʻlishdan iborat deb bilgan Sohibqiron bobomiz Amir Temur bizning tariximizda, bizning millatimizda ana shunday oʻringa ega boʻlgan buyuk shaxs sifatida eʼzozlanadi. Uning oʻz davrida amalga oshirgan davlatchilik, bunyodkorlik, ilm-fan borasida qilgan ishlari asrlar osha avlodlarga ibrat maktabi boʻlib kelmoqda.

Tadbirda soʻzga chiqqan olim va yozuvchilar bu haqda alohida eʼtirof etar ekan, Amir Temur shaxsi, uning harbiy yurishlari va davlat arbobi sifatida olib borgan siyosati, harbiy qonunchilik rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi, harbiy strategiyasi va taktikasi, yoshlarni Vataniga, xalqiga sadoqat ruhida tarbiyalashda Amir Temur merosini oʻrganishning ahamiyati, Amir Temurning markazlashgan buyuk davlat tuzishdagi tarixiy xizmati, bu zotning jahon harbiy sanʼatiga qoʻshgan hissasi haqida ham qiziqarli maʼlumot berdilar.

Ochiq osmon ostida oʻtkazilgan tantanada harbiy xizmatchilarning qoʻl jangi boʻyicha koʻrgazmali chiqishlari namoyish etildi. Shundan soʻng mehmonlar Temuriylar tarixi davlat muzeyida oʻtkazilgan “Ochiq eshiklari kuni”da ishtirok etishdi. Ular muzey ekspozitsiyasida Temuriylar tarixiga oid eng noyob eksponatlar bilan tanishar ekan, oʻziga xos tarixiy olamni aks ettirgan har bir eksponatni katta qiziqish bilan tomosha qilishdi.

Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli xonandalari hamda “Turon” davlat harbiy teatri jamoasi tomonidan taqdim etilgan sahna koʻrinishi va konsert dasturi koʻngillarga bayram shukuhini olib kirdi.

Sohibqiron tavalludiga bagʻishlangan bu kabi tantanali tadbirlar barcha harbiy okrug va muassasalarda oʻtkazilmoqda.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati
Janubiy operativ qo‘mondonligi
Janubiy operativ qo‘mondonligi
Janubiy operativ qo‘mondonligi
Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi
Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi
Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati