Qarshida harbiy xizmatchilar “Muruvvat uyi” tarbiyalanuvchilari holidan xabar oldi

107

Qarshi shahrida bir guruh harbiylar 30 iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan viloyatdagi “Muruvvat uyi”ga tashrif buyurib, bolajonlar holidan xabar oldi.

Yoshlar o‘rtasida ommaviy sport musobaqalari hamda harbiy vatanparvarlik tadbirlarini tashkil etish haftaligi doirasida Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug hamda Qashqadaryo viloyati Yoshlar ittifoqi kengashi bilan hamkorlikda ko‘plab tadbirlar tashkil etilmoqda.

Jumladan, JG‘MHO mas’ul ofitserlari boshchiligida Qarshidagi mehribonlik uyiga tashrif buyurilib, harbiy orkestr tomonidan bayram konserti tashkil etildi. Bolajonlarga turli-tuman sovg‘a-salomlar ulashildi.

Shuningdek, harbiy orkestr Karshi shahridagi “Savdo majmuasida” ham o‘z repertuar dasturi bilan shaxar aholisini xushnud qildilar.

Bayram tadbirlarida 300 dan ortiq yoshlar ishtirok etdi.