O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» va Rossiya DOSAAF tashkilotlari o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi

95

O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti Markaziy kengashi tomonidan Rossiya Federatsiyasi DOSAAF tashkiloti bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.
O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» Markaziy kengashida ushbu ikki tashkilot o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvni imzolash hamda O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkilotining MDH DOSAAF ittifoqiga a’zo bo‘lishi yuzasidan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda «Vatanparvar» tashkiloti Markaziy kengashi raisi general-mayor Rustam Niyazov, tashkilot mas’ul xodimlari, Rossiya Federatsiyasining DOSAAF tashkilotining raisi general-polkovnik Aleksand Kolmakov boshchiligidagi tashkilot vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Hamkorlik to‘g‘risidagi Kelishuv imzolangach, «Vatanparvar» tashkilotining MDH DOSAAF ittifoqiga a’zo bo‘lishi yuzasidan murojaati taqdim etildi. Murojaat joriy yilning dekabr oyida MDH DOSAAF ittifoqining navbatdagi yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi.

Ma’lumot uchun: Bugungi kunda Rossiya Federatsiyasi, Azarbayjon, Armaniya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston Respublikalari MDH DOSAAF ittifoqining a’zolaridir.