Nukuslik yoshlar va harbiylar intellektual bahslarda qatnashdi

77

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida o‘tkazilayotgan “Yoshlar oyligi” doirasida Nukus shahar “Istiqlol” bolalar bog‘ida yoshlar sayli o‘tkazildi.

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi tashabbusi bilan tashkil etilgan sayilda mingdan ziyod o‘quvchi yoshlar va Nukus garnizonidagi harbiy xizmatchilar “Kitobxonlik viktorinasi” intellektual o‘yinida o‘zaro baxslashishdi. “Yosh oshpazlar tanlovi” nomli milliy taom bo‘lmish palovni pishirishda o‘zgacha yondashuvlar osh pishgancha barchani hayajonda ushlab turdi.

Nukuslik bolalarning “Dunyo raqslari” shousi yig‘ilganlar olqishiga sazovor bo‘ldi. Yosh ijodkorlar tomonidan tashkil etilgan “Nazm va navo” kechasi haqikiy mumtoz kuy va qo‘shiq shaydolarini oldida to‘pladi.

Qoraqalpog‘iston Madaniyat vazirligi ijodkorlari hamda garnizon Ma’naviyat va ma’rifat markazi harbiy orkestrining diltortar kuylari xalqni raqsga chorladi.

Tanlov va viktorinalarning g‘olib va sovrindorlari Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonligi hamda boshqa vazirlik va idora mansabdor shaxslari tomonidan munosib taqdirlandi.