Harbiy xizmatchilarning farzandlari “Tong” sog‘lomlashtirish oromgohiga yetib keldi

24

Bugun, 14-iyun kuni Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlarida xizmatini o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning farzandlari ta’tilni maroqli o‘tkazishlari uchun Toshkentdagi “Tong” nomli sog‘lomlashtirish oromgohiga yetib keldi.

Harbiy xizmatchilarning 24 nafar farzandini Toshkent shahridagi Janubiy temir yo‘l vokzalida Mudofaa vazirligi Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasi ofitserlari, vazirlik markaziy harbiy orkestri jamoasi hamda Qurolli Kuchlar akademiyasi kursantlari tomonidan tantanali ravishda kutib olindi.

Yoshlarga yozgi dam olish oromgohida bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishlarini ta’minlash maqsadida Amir Temur tuzuklari, jahon va o‘zbek adabiyotining eng sara namunalari sovg‘a qilindi.

“Tong” oromgohida bolajonlarning ko‘ngilli dam olishlari uchun tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Ushbu rejaga binoan, deyarli har kuni oromgohda turli intellektual o‘yinlar, sport musobaqalari, uchrashuvlar va davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.