Markaziy harbiy okrugida bepul o‘quv kurslar faoliyati yo‘lga qo‘yildi

38

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus bo‘yicha Markaziy harbiy okrug tassarufidagi harbiy qismlarda va ularga yaqin ta’lim muassasalarida harbiylar bilan hamkorlikda o‘quv kurslari tashkil etilyapti.

Jumladan, Jizzax, Samarqand hamda Navoiy viloyatlaridagi harbiy qismlarda ingliz tili, raqsva sport to‘garagi, kitob mutolaasi, kompyuter texnologiyalaridan foydalanish, “Tasviriy san’at” yo‘nalishi hamda “Tarix” fani bo‘yicha kurslar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi Farrux Karanovning turmush o‘rtog‘i Xurshida Yuldasheva Samarqand shahrida “Go‘zallik saloni” faoliyatini yo‘lga qo‘yib, 8 nafar ayolni ish bilan ta’minladi.

Mazkur o‘quv kurslar faoliyati ta’tilga chiqqan bolajonlar hamda harbiy xizmatchilarning farzandlari, yosh harbiy xizmatchilar uchun ayni muddao bo‘lmoqda.