Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida yoshlar uchun ko’rgazma tashkil etildi (foto)

7

O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida yagona bo‘lgan Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida o‘quvchi yoshlar bilan darslar hamda ko‘rgazma tashkil etildi.

Mazkur o‘quv maskanida dastlab harbiylar uchun maktab o‘quvchilari tomonidan chizilgan rasmlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Shundan so‘ng yigit-qizlar ta’lim muassasasi tinglovchilari hayoti bilan yaqindan tanishishdi. Otish trenajyori, kompyuter sinfi hamda kutubxona o‘quvchilar ixtiyorida bo‘ldi.

Tadbir yakunida harbiylar va o‘quvchilar o‘rtasida davra suhbat o‘tkazildi.