“Forish” tog‘ poligonida Halqaro armiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

7

Markaziy harbiy okrugiga qarashli “Forish” tog‘ poligonida Mudofaa vazirligi miqyosida “Shtatdan tashqari PM-3 va AK-3 qurollaridan o‘q otish” turi bo‘yicha saralash musobaqasi o‘tkazilmoqda.

Mazkur musobaqada qatnashgan jamoalar yakka va guruh tarkibida otish ko‘rsatkichlariga qarab baholanadi. “PM-3 va AK-3” pistolet va avtomatdan uch marotaba belgilangan vaqt orqalig‘ida (PM-3 dan tashqari) tizzalab, o‘tirgancha va tuk turgancha o‘q uziladi.
Barcha harbiy okrug va oliy harbiy ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan jamoa a’zolari o‘zarao kuch sinashdi.

Esllatib o‘tamiz, O‘zbekiston harbiylari 2017 yilda Qirg‘izistonning Issiqqo‘l shahrida o‘tkazilgan MDHga a’zo mamlakatlar armiyalari o‘rtasidagi nufuzli musobaqada kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan. 2018 yilda esa o‘zbek harbiylari birinchi marotaba ushbu musobaqada ishtirok etgan.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati