Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalari hamkorligida o’tkaziladigan harbiy o’quvlar belgilab olindi

30

Markaziy harbiy okrugiga qarashli Jizzax shahridagi harbiy qismlarning birida Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalari o’rtasida hamkorlikdagi mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rish hamda vazifalarni aniqlash bo’yicha ishlar olib borildi.

Jumladan, okrug qo’shinlari qo’mondonining birinchi o’rinbosari shtab boshlig’i rahbarligida harbiy o‘quvlar harbiy okrug hududida bo‘lib o‘tadi.

Taktik harakatlar “Jizzax-Zomin-Baxmal” yo’nalishi bo’ylab, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Milliy gvardiya Jizzax viloyatlaridagi hududiy boshqarma va bo‘linmalari bilan hamkorlikda jangovar vazifalar bajariladi.

O‘quv mashg‘ulotlari davomida qo‘shinlarni turli yo‘nalishlarga tashlash ko‘zda tutilgan. Maxsus bo‘linmalarning harbiy xizmatchilari Mudofaa vazirligi Harbiy havo kuchlariga qarashli vertolyot aviatsiyasi yordamida tashlanadi. Qolgan bo‘linmalar esa avtomobil va zirhli texnikalarda katta masofalarga marsh uyushtiradi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati