Chirchiqdagi mashg‘ulotlarda shartli dushman havodan tushurilgan maxsus kuchlar tomonidan yo‘q qilindi

9

Chirchiq dala-o‘quv maydonida Mudofaa vazirligining maxsus bo‘linmalari hamda Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari hamkorligida shartli dushmanni yo‘q qilish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

Mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi qo‘qqisdan hujumga o‘tgan shartli dushmanni tezkorlik bilan yakson etishga qaratildi. Dastlab yalanglik orqali hujumga o‘tgan shartli dushman vertoletlar orqali hududga keltirilgan maxsus bo‘linmalar tomonidan qo‘rshovga olindi va ularning oldinga harakatlanishiga to‘sqinlik qilindi.

Quruqlik orqali maxsus operatsiya kuchlari engil zirhli texnikalarda ham etib kelib, qisqa muddat ichida “dushman”ni er tishlatdi. Shartli dushman yakson etilgach, desantchilar hududni minalardan tozalash, shartli jarohat olganlarni evakuatsiya qilish bo‘yicha amaliyotga kirishib, belgilangan vazifani muvaffaqiyatli bajardi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati