Leytenant Nadiya Dusanova Osiyo gran-prisining ikkinchi bosqichida ham g‘oliblikka erishdi

7

Xitoyning Chongqing shahrida o‘tkazilgan Osiyo gran-prisining ikkinchi bosqichida ham O‘zbekiston Mudofaa vazirligi sport klubi a’zolari muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

Balandlikka sakrashda 189 sm pog‘onani zabt eta olgan leytenant Nadiya Dusanova mazkur musobaqalarning ikkinchi bosqichida ham birinchisi kabi Osiyoning tengsiz sportchisi ekanini isbotladi.

Yana bir hamyurtimiz Nigina Sharipova 100 m masofaga yugurishda 11,61 natija qayd etib, O‘zbekiston terma jamoasiga bronza medalini olib berdi.

Uchkarra sakrash sektorida Ruslan Qurbonov 5 pog‘onadan joy oldi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati